DISPERSLASH

DISPERSLASH (lotincha dispergo — sochaman, yoyaman) — qattiq jismlar va suyuqliklarni tevarak-atrofdagi muhitda o’ta maydalab, dispers tizimlar (kukun, suspenziya, emulsiya) hosil qilish. Suyuqliklarni gazlarda (havoda) Disperslash to’zitish deb, suyuqliklarda Disperslash esa emulsiyalash deb ataladi. Sanoatda qattiq jismlar har xil konstruktsiyali tegirmonlarda, tovush va ultratovush vibratorlarida disperslanadi. Suyuqliklarni Disperslash uchun har xil gomogenizatorlar (bir jinsli emulsiya hosil qiluvchi apparatlar) qo’llaniladi. Laboratoriyalar va dorixonalarda hovonchalar ko’p ishlatiladi. Disperslash tsement, pigment, to’ldirgich, un, oziq-ovqat va yem-xashak kontsentratlari olishda, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishda, suyuq va qattiq yoqilg’ilarni yoqishda va boshqa ko’pgina texnologiya jarayonlarida qo’llaniladi.