DIVIDEND

DIVIDEND – aksiyalar bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari o’rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o’rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo’yicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) o’tgan yillardagi taqsimlanmagan foydaningbir qismi; yuridikshaxs tugatilganda molmulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek, muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan molmulkning qiymati chegiriladi, taqsimlanmagan foyda ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish uchun yo’naltirilgan taqdirda, yuridik shaxs aksiyadorining, muassisining (ishtirokchisining, a’zosining) qo’shimcha aksiyalar qiymati, aksiyalar nominal qiymatining oshishi, ulush (pay, hissa) qiymatining oshishi tarzida olingan daromadlari.