Donak

Donak-og’irlik o’lchov birligi. Juda qadimdan qo’llanib kelingan. Mavjud adabiyotlarda Donakning donik va danak ko’rinishlari ham uchrab turadi. Donakni ba’zan dong ham deyishadi. Dong Donakning arablashtirilgan ko’rinishidir. Buxoroda 1 misqol 4,8 gramm bo’lgani uchun, 1 Donak-1 dong=0.80 gramm bo’ladi; Xorazm misqoli (XIV-XV asrlarda), 4,53-4,55 gramm bo’lgani uchun, 1 Donak=1 dong=0,755-0,7583 gramm yoki yaxlitlangan holda 0,76 grammga teng kelgan.