Dumbul

Dumbul – donli o’simliklarning pishib yetilish davrlaridan biri; don qattiqlik darajasiga ko’ra mumni eslatadi. Bunda don sarg’ish tusga kiradi, organik moddalar to’planishi sekinlashib, to’xtaydi. Donning namligi 22-30% gacha kamayadi.