DYURER (DURER) ALBREXT

DYURER (DURER) ALBREXT (1471.21.5 — Nyurnberg — 1528.6.4) — nemis rang-tasviri ustasi, grafik rassomi, o’ymakor naqqoshi (gravyor), san’at nazariyotchisi; nemis Uyg’onish davri san’atining asoschisi. Zargarlik san’atini otasidan urgangan; M. Volgemut ustaxonasida rangtasvirdan ta’lim olgan (1486-89). Dastlab sunggi gotika uslubida Gravyuralar, kitoblarga rasmlar ishlagan. Italiya safarlari (1494-95 va 1505-07) ta’sirida ijodida insonparvarlik g’oyalari kuchaygan, badiiy bilishda ilmiy asoslangan uslublarga tayangan, naturadan rasm ishlashga alohida e’tibor bergan («Ko’l bo’yidagi uycha», taxminan 1495-97 va boshqalar). Umumjahon tarixiy o’zgarishlarini qutilishi ifodalangan «Apokalipsis» Gravyuralar turkumi (1498) da rassomning badiiy ifoda vositasida sunggi nemis gotikasi bilan Italiya rassomlik uslublari uyg’unligi, kompozisiya tugalligi, obraz aniqligi ko’zga tashlanadi. Kuplab portretlar, avtoportretlarida insonni shaxs sifatida tasvirlagan («Avtoportret», 1498; «Yosh yigit portreti», 1521 va boshqalar); rasmlar (900 dan ortiq) va Gravyuralar yaratish sohasida ko’p ijod qilgan («Odam ato va Momo havo», 1504; «Oila bayrami», 1506; «To’rt havoriy», 1526 va boshqalar). San’at nazariyotchisi sifatida ilmiy-nazariy sohada samarali mehnat qilgan. «O’lchov olish uchun qo’llanma» (1525), «Inson tanasi nisbatlari haqida to’rt kitob» (1528) va boshq asarlarida uning ijodiga xos aniqlik, borliqni bilishga bo’lgan kuchli ishtiyoq namoyon bo’lgan.