Dzaybatsu

Dzaybatsu (yaponcha shaxsiy mulk)-Yaponiya monopoliyalari va moliyaviy oligarxiyasini anglatuvchi atama. XIX asrdan XX 1-yarmigacha bank va sanoat birlashmalari (kartellar, sindikatlar)ni anglatish uchun qo’llanilgan. 4 ta Dzaybatsu: “Mitsubisi”, “Mitsui”, “Sumitomo”, “Yasudo” Edo davridayoq o’z faoliyatini boshlagan. 2-jahon urushidan so’ng barcha Dzaybatsular keiretsu (yirik korporativ konglomeratlar va xoldinglar)ga aylantirilgan va hamon Yaponiya iqtisodiyotining katta qismi ustidan nazorat qiladi.