EBINUR

EBINUR — Xitoyning shimoliy g’arbiy qismidagi oqmas sho’r ko’l, Jung’ariya tekisligida. Maydoni ko’lga quyiladigan daryolarning suv hajmiga qarab 800 kilometr kvadratdan 1070 kilometr kvadratgacha o’zgaradi. Eng chuqur joyi 15 metr. Ko’l atrofi sho’rxok va qumli yerlar. Qishda muzlaydi.