Eftaliylar

Eftaliylar-O’rta Osiyo va unga yaqin mamlakatlar xalqlarining etnogenezi va tarixida muhim rol o’ynagan yirik qabilalar uyushmasi. Ularning kelib chiqishi to’g’risida turli fikrlar bayon etilgan. A.N. Bernshtamning fikricha, eftaliylar tarkib topgan yerlar o’rta va quyi Sirdaryo hamda Amudaryoning yuqori havzasidir. S. P.Tolstov esa ularni Orol bo’ylaridan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Garchi eftaliylarning tarkib topgan joyi qat’iy aniqlanmagan bo’lsa-da, ular turkiy etnik elementlar aralashgan O’rta Osiyolik qabilalar negizida shakllanganligi ma’lum. Eftaliylar otashparast bo’lganar, lekin keyinchalik ular orasida asta-sekin buddizm va xristianlikka e’tiqod qila boshlaganlar ham bo’lgan.