Egizak so’zlar nima?

Har bir tilda bir xil jaranglaydigan va yoziladigan, lekin har xil ma’nolarga ega bo’lgan so’zlar mavjud. Bunday so’zlar omonimlar deb ataladi (yunonchadan homonymia — bir nomlik). Keling, o’ylashib ko’raylik-chi, ular qachon va nega mavjud bo’lar ekan? Aksariyat hollarda omonimlar til sohasida aloqalar paytida tilda avvaldan mavjud so’z yoniga aynan shunday xorijiy, ammo mutlaqo boshqa ma’noga ega so’z o’zlashtirshishidan vujudga keladi. Masalan, inglizcha bank — o’rindiq — so’zidan rus tilida qayiqdagi o’rindiqning nomi — banka shakllangan. Biroq, bundan ancha oldin rus tilida qadimiy umumslavyan o’zakdan kelib chiqqan «idish» ma’nosiga ega «banka» so’zi ham mavjud bo’lgan. Bunday so’zlar omonimik juftlikni yuzaga keltiradi. Ba’zan omonimik juftliklar ikkita har xil tildan o’zlashtirishdan tarkib topadi. Masalan, XVII asrda golland tilidan «kemadagi oshpaz» ma’nosini anglatuvchi kok so’zi o’zlashtirilgan edi, birmuncha keyinroq shu so’zning o’zi fransuz tilidan «xo’rpayma yakkakokil sochtarhi» ma’nosi bilan kirib keldi. Ular rus tilida omonimik juftlikni tashkil etadi. Omonimlar istalgan tilda sodir bo’ladigan odatiy so’z yasash jarayonlari natijasida shakllanadigan hollar ham uchraydi. Mana, sizga yaxshi tanish bo’lgan «kosa» so’zini olaylik. Uning ma’nolaridan biri — «xotin-qizlar sochi o’rimining usuli» — «chesat» fe’lining ketma-ketligidan kelib chiqqan. Boshqa ma’nosi bo’lsa — «o’t-o’lanlarni o’rish uchun moslama» — ya’ni chalgi, «kosit» fe’liga berib taqaladi. Va nihoyat, uchinchi ma’nosi — «tor va uzun sayozlik» — bu so’zning shevalardan birida qo’llanishidan vujudga kelgan. Omonimlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar yangi ma’no kasb etganida ham shakllanishi mumkin. «Kon» (hayvon) misolida nimasi bilandir otga o’xshash bo’lgan gimnastika snaryadini shunday atashganda yuqoridagi hodisa sodir bo’ldi. Bunda mustaqil so’zga aylangan har bir ma’no omonimlik juftlikni vujudga keltirganini ko’ramiz. Omonimlarning bosh alomati — so’zlarning har xil leksikaviy ma’nosi. Masalan, har xil urg’uli so’zlar: zamok va zamok, muka va muka, yoki talaffuzi o’xshashlar: trut va trud, rod va rot — to’liqsiz, juz’iy omonimlardir. Biz rus tilidagi omonimiyaga misollarni ko’rib chiqdik, biroq u deyarli barcha taniqli tillarda mavjud. Masalan, inglizcha so’z bo’lgan flaw — yoriq va flaw — shamol qattiq esishi, Olmoncha zug — poyezd va zug — oqim va fransuzcha peche — shaftoli va peche — baliq ovlash — ham omonimlar sanaladi. Tildagi omonimiya ana shunaqangi qiziq hodisa.