Sinonimlar nima?

Siz ularni nutqingizda ko’p ishlatgansiz. Ma’nosiga ko’ra yaqin, yozilishi va talaffuz etilishiga ko’ra har xil so’zlar sinonimlar deb ataladi. Ularning atalashi yunoncha synonimus — shu nomdagi — so’zidan kelib chiqqan. Ular suhbatlashuv paytida fikrni aniqrqq ifodalashga yordam beradi, nutqni yanada yorqin va ifodali qiladi. Sinonimlar barcha tillarda mavjud. Ular bitta va aynan o’sha tushunchani turli nutqiy vaziyatlarda har xil ma’no ottenkalari bilan ifodalash zaruratidan vujudga kelgan. Masalan, «shikoyat qilmoq» fe’lini olaylik. Uning asosiy ma’nosi — hamdardlik, yordam va h.k. umidida xafalikni bildirish, jahl, norozilikni to’kib solish va h.k. Ammo ba’zida o’z his-tuyg’ularini kuchaytirish, o’ziga nisbatan hamdardlik uyg’otish mayli borligida «dardini aytmoq» fe’li qo’llanadi. «Yozg’irmoq» — qaysidir sababga ko’ra afsus-nadomat va achchig’ini bayon qilish —yoki «arz qilmoq» kimgadir yoki nimagadir nisbatan ginaxonlik va yozg’iriq bilan shikoyat qilmoq — fe’lining birmuncha farqli ottenkasi bor. Agar biz so’zlashuv shaklida mensimaslik yoki oddiy til shakllaridan foydalansak, ko’proq kuchaytirishga erishamiz: «nolimoq» — jonga tegar darajada shikoyat qilmoq, ginalanmoq ming’irlamoq, yozg’irmoq. Mushtarak ma’noli sinonimlarning bunday guruhi sinonimik qator deb ataladi. Ko’rib turganimizdek, sinonimlar mazmun ottenkalari bilan, ekspressiyaga ko’ra, emotsional va uslubiy bo’yog’iga ko’ra farq qilar ekan. Ularning umumiy ma’nosi esa bir xildir. Sinonimlar so’z ma’nosining nozik ottenkalarini ochib, ular tomonidan ifodalanayotgan tushunchani har tomonlama tavsiflashga yordam beradi. Predmetning ular tomonidan berilayotgan qo’shimcha tavsifnomasi tag’in bir tasvirlash vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Binobarin «moviy» so’zi aniq bir rangni ifodalaydi, uning sinonimik qatori esa: niliy, lojuvard, feruza rangni — shunchaki moviy rangning ottenkalarini berib qolmasdan, qo’shimcha axborot tashiydi, tasvirni boyitadi. Shuning uchun ham sinonimlar turlicha qo’llanadi: «lojuvard» otlar bilan birga qo’llanadi — osmon, dengiz, qirg’oq; «Feruza» esa — faqat rangning ottenkasiga ishora qiladi.