Ekologik omillar

Ekologik omillar – Organizmlarning yashashi va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi hayot sharoiti elementlari. Ekologik omillar quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1) iqlim omillari (havo, yorug`lik, issiqlik, suv va h.k.); 2) edafik omillar (tuproq – grunt qoplami); 3) orografik omillar orografiya va reylef shakllari); 4) biologik omillar (organizmlarning o`zaro ta’siri); 5) antropogen omillar (inson ta’siri) va 6) tarixiy omillar. Shuningdek, bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi ekologik omillar.