Ekvatorial mintaqa

Ekvatorial mintaqa – taxminan 5-8° shimoliy kenglik bilan 4-11° janubiy kenglik orasida joylashgan geografik mintaqa. Yil bo`yi havo haroratining yuqoriligi (o`rtacha oylik harorat +24, (28°), yog`inlarning ko`pligi +1500- 3000 mm, maksimum 10 000 mm gacha), biogeokimyo va geomorfologik jarayonlarning intensivligi bilan ajralib turadi. Hududni asosan ekvatorial o`rmonlar zonasi ishg`ol etgan.