ELEKTR MUSIQA CHOLG’ULARI
ELEKTR MUSIQA CHOLG’ULARI, elektroakustik musiqa cholg’ulari — 20-asrda rivoj topgan musiqa cholg’ulari turi. Ulardagi tor, tilcha va boshqalar vositalarning mexanik tebranishlari adapter yordamida elektr tebranishlarga aylantirilib, maxsus elektr qurilmalar orqali kuchaytiriladi. Elektr musiqa cholg’ularini yaratish dastlabki tajribalari 19-asr 2-yarmida yuz bergan (Gelmgolssht elektr kamertonk, elektrlashtirilgan fortepiano). 1930-yillarda turli — elektrlashtirilgan (adapter o’rnatilgan) gitara, skripka, violonchel, saksofon va boshqalar yaratilgan. Ayniqsa, quyuq va yorqin, ayni paytda shirador, jo’shqin va titroq tovushga ega, rokmusiqa, popmusiqat asosiy o’rin egallagan elektr (Solo, ritm, bas) gitaralar keng ommalashgan. O’zbekistonda tanbur, qonun, soz va boshqalarning elektr turlari qo’llanilmoqda.