ELEKTR MASHINA

ELEKTR MASHINA — mexanik energiyani elektr energiyasiga va elektr energiyasini mexanik energiyaga hamda elektr energiyasini boshqacha kuchlanish, tok kuchi, chastotaga ega bo’lgan va boshqalar parametrli elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Ishi elektromagnit induktsiya hodisasiga hamda elektr toklari va magnit maydonlarning o’zaro ta’sirlashuvini belgilaydigan qonunlarga asoslanadi. Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishda elektrmashina generatori, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda esa elektr dvigatel qo’llanadi. Bu mashinalar ham generator, ham dvigatel rejimida ishlashi mumkin. Tok turini, chastotani, fazalar sonini, kuchlanishni o’zgartirish uchun elektr mashina o’zgartirgichlaridan, elektr mashina kuchaytirgichlaridan, elektr transformatori va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus qurilmalar, masalan, magneto, payvandlash generatori, taxometr, tortuvchi elektr dvigatellarni ham Elektr mashina jumlasiga kiritish mumkin. Elektr mashinalar uyro’zg’orda, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlarida, sanoat va transportda qo’llanadi.