Ustoz-shogird yoxud o’qituvchining o’quvchiga qo’l ko’tarishga haqqi bormi?

Ustoz-shogird yoxud o’qituvchining o’quvchiga qo’l ko’tarishga haqqi bormi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video rolik butun O’zbekiston bo’ylab, muhokamalarga sabab bo’lib, oxiri 5 kishining lavozimidan ozod etilishiga olib keldi. Endi savol: Nima uchun o’qituvchi o’quvchini urdi? Menimcha, avvalo, o’quvchining o’zida ham bir ayb bo’lgandir.

Yaqin o’tmishda ham maktabda tirnog’imiz o’sib yoki boshqa bir ayb ish qilsak, o’qituvchimiz yo tayoq bilan urardi, yo burchakka turg’azib qo’yardi, yoki stul ko’tarib turardik. Ota-onamizga aytsak ham, ota-onamiz o’zimizni urishardi.

Hozirgi kunda ayrim ota-onalar maktabga borib o’qituvchining o’ziga baqirishga o’tib olgan.

Lekin ba’zi bir o’qituvchilarning ham tarbiyaviy darajasi pastligini inobatga olish kerak.

Avvalo, o’quvchini urmasdan, ota-onani chaqirib suhbatlashish yoki maktab rahbarining oldida muhokama qilish zarur deb hisoblayman.

Birovning bolasini urishdan oldin dars jarayonida qiziqarli ma’lumotlar bilan dars o’tish kerakmikan deb hisoblayman.

Hozirgi kunda ayrim maktab o’quvchilari she’r aytishdan ko’ra, so’kinishni tez o’rganib bormoqda. Bu kimning aybi? Balki maktabda yaxshi dars bermayotgan o’qituvchilardami yoki ota-onalardami?Hurmatli ota-onalar va ustozlar, farzandlarimizning mukammal inson bo’lishlari uchun barchamiz mas’ulmiz. Ularning kelajagiga befarq bo’lmaslikka chaqirmoqchiman.