Energiyani ko`p ishlatadigan ishlab chiqarishlar

Energiyani ko`p ishlatadigan ishlab chiqarishlar – mahsuloti tannarxi strukturasida energetik xarajatlar asosiy o`rin tutadigan ishlab chiqarishlar. Rangli metallurgiya, elektrometallurgiya, qotishmalar ishlab chiqarish, kimyo sanoatining ayrim tarmoqlari va boshqalar energiyani ko`p ishlatadigan ishlab chiqarishlardir. Bunday korxonalar ko`pincha elektr energiya va yoqilg`ining boshqa turlari arzonga tushadigan hududlarga joylashtiriladi.