Eng qadimiy musiqa asboblari qaysilari?

Qadim-qadim zamonlardayoq odamlar musiqa sadolari bilan ko’ngillarini xushnud etishgan. Oltin kafaraning maftunkor sadolari oltinsoya Apollonning tashrifidan darak berar edi. Ushbu hayratangiz musiqa asbobini chalish bobida birov u bilan bellasha olmas, frigiyalik satir Mars uning bilan musiqa jabhasida tortishishga botinib, tayinlangan musobaqaga qo’lida qamish nayi bilan kirib kelganida u o’zining bunday jur’ati uchun qattiq jazolanadi. Qadimgi Yunoniston asotirlarida ilohlar va avom musiqani nechog’li sevganlari va turfa musiqa asboblarini durust chala bilganlari haqida talay naqllar bor. Naylar, kavslar va nag’oralarning quvnoq sadosi xushro’y dionis va ayonlarining serg’alva odimlariga jo’r bo’lar edi. Arxeologlar-qadimshunoslar ham musiqa asboblari qadimiy davrlarda paydo bo’lganligiga guvohlik beradilar. Yer kurrasining barcha hududlarida ular amalga oshirgan deyarli hamma qazish ishlarida ro’zg’or buyumlari, kiyim-kechaklar qoldiqlari, zebu ziynatlar va hokazolar qavatida qadimiy musiqa asboblari ham topilgan. Darvoqe, bunday topilmalar sayyoramizning ibtidoiy odamlar manzillarining barcha hududlaridan ham topilgan. Yuqori paleolit (bu esa miloddan avvalgi 25-22 mingyilliklar) davrigayoq mansub bo’lgan eng qadimiy musiqa asboblari — nay va hushtak — Vengriya va Moldova hududlaridan topilgan. Qadim-qadim zamonlarda nafaqat musiqa asboblari yasay va kuy to’qiy olar edilar, qolaversa hatto uni nota belgilari bilan sopol jadvalchalarga — mixxatlarga yozib ham qo’yar edilar.