Bo’yi 15 metrga yetadigan eng uzun chuvalchang Atlantika okeanining Yevropa sohillarida yashaydi. Uni uzun lineus deyishadi. U odatda yolg’iz emas, butun boshli oilasi bilan birga yashaydi. U binafsharang shu’la taratuvchi to’q qo’ngir tusda bo’lib, silliqlanganday tuyuladi. Yelkasidan uzunasiga bir nechta shaffof va qoramtir chiziqlar o’tgan. U odatda kechasi, okeanda suv ko’tarilgan payti ovqatlanadi. Kunduz kunlari sohilga yaqin toshlar orasida bekinib yotadi. Qora dengizda ham lineuslar yashaydi. Biroq u yuqorida aytganimizdek uzun emas, 60 santimetrdan oshmaydi.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
