Ermamat Nurmatov (1937) kim bo’lganini bilasizmi?
Ermamat Nurmatov 1937 yili Chust tumanining Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. Namangan davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, direktor, «Namangan haqiqati» gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, viloyat teleradio kompaniyasi raisining o‘rinbosari va viloyat nashriyotining bosh muharriri bo‘lib ishlagan.
Shoirning ilk she’riy to‘plami uning tug‘ilgan qishlog‘i sharafiga «Olmos» deb nomlangan va 1970 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng shoirning «Boqiy baxt» (1977), «Yaxshilik» (1985), «Muhabbat bog‘i» (1991) va «Sog‘inish» (1993) kabi bir qator she’riy guldastalari olam yuzini ko‘rdi.
1978 yilda shoirga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni berilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1860-1957) kim bo’lganini bilasizmi?
- Eshqobil Shukur (1961) kim bo’lganini bilasizmi?
- Faqiriy (1880-1925) kim bo’lganini bilasizmi?
- Farhod Musajonov (1933-2013) kim bo’lganini bilasizmi?
- Farida Afro‘z (1956) kim bo’lganini bilasizmi?
- Fayzi Shohismoil (1938-2015) kim bo’lganini bilasizmi?
- Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938) kim bo’lganini bilasizmi?
- Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-1955) kim bo’lganini bilasizmi?


