EYDETIZM

EYDETIZM (Yunoncha — ko’rinish, obraz) — ayrim odamlarning oldin ko’rgan narsalari va kuzatgan hodisalarini mayda-chuydasigacha aniq esga tushirish va esda saqlash qobiliyati. Eydetizmni o’rgangan olimlarning fikricha, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda Eydetizm odatiy holat yoki qonuniy hodisa hisoblanadi. Tajribalarda ta’kidlanishicha, bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlarida kuzatilgan narsa yoki suratlar ko’zdan uzoqlashtirilsa ham ularning siymosi (tasviri) uzoq vaqt saqlanadi. Eydetizmni kuchaytiruvchi kaliy ionlari, kuchsizlantiruvchi esa kaltsiy ionlari ekanligi tasdiqlangan. Rus psixologi A. R. Luriya (1902— 1977) Eydetizmning individualtipologik xususiyatlarini ta’riflab bergan. Eydetizm barcha odamlarga taalluqli qobiliyat bo’lmasdan, balki ayrim noyob xotiraga ega insonlarga, xususan, rassomlar, musiqachilar, bastakorlarga xos xususiyat ekanligini ta’kidlash joiz.