EYDOS
EYDOS (Yunoncha — ko’rinish, timsol) — yunon falsafasi va adabiyotidagi tushuncha. Dastlab «ko’rinadigan», «ko’rinib turgan», «tashqi» (Gomer), keyinchalik muayyan hodisa, ko’rinadigan mohiyat (Parmenid), substantsional goya (Platon), shakl (Aristotel) ma’nolarini bildirgan. Eydos Gusserl (1859-1938) fenomenologiyasida fakt (hodisa)dan farqlanadigan mohiyat sifatida tavsiflangan. So’nggi davr falsafasida Eydos tushunchasi «mutlaq g’oya» ma’nosini anglatadi.
O‘xshash so‘zlar
- EYFEL ALEKSANDR GYUSTAV
- EYFEL MINORASI
- EYFORIYA
- EYGEN MANFRED
- EYKMAN XRISTIAN
- EYLATON
- EYLBR ULF SVANTE FON
- EYLER FORMULALARI


