EYZENXAUER DUAYT DEYVID
EYZENXAUER DUAYT DEYVID (1890.14.10, Denison, Texas shtati — 1969.28.3, Vashington) — AQShning 34-prezidenti (1953-61). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Armiya generali (1944). Ittifoqchilarning G’arbiy Yevropadagi ekspeditsion qo’shinlari oliy bosh qo’mondoni (1943 yil, dekabr); AQShning Germaniyadagi okkupatsion qo’shinlari qo’mondoni (1945 yildan); NATO qurolli kuchlari oliy bosh qo’mondoni (1950-52). Eyzenxauer 1961 yil harbiy-sanoat kompleksi ta’sirining kuchayishi xavfini oldini olishga chaqirgan. AQSh hukumatining yaqin va O’rta Sharqdagi tashqi siyosatini ifodalovchi Eyzenxauer doktrinasi tashabbuskori.