FILLOFORA
FILLOFORA (Fhyllophora) — floridsimon suvo’tlar turkumi. Tanasining balandligi 50 santimetrgacha, shoxlari yassi. Ayrim turlarining sporofitlari kichikroq o’simta shaklida, gametofit ustida hosil bo’ladi. 15 ga yaqin turi bor, sovuq va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Agarsimon modda — filloforan olishda foydalaniladi.