FLAMAND TILI
FLAMAND TILI — niderland tili Janubiy variantining shartli va an’anaviy nomi; niderland tilining Flandriyadagi laxjasi. Belgiyaning shimoliy viloyatlari (G’arbiy va Sharqiy Flandriya, Brabant, Antverpen, Limburg)da, qisman Frantsiya va AQSHda tarqalgan. O’tgan asr oxiridagi ma’lumotlarga ko’ra, Flamand tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni 7,2 million, (jumladan, Belgiyada 5,1 million, Niderlandiyada 1,7 million, Frantsiyada 250 ming) kishidan ortiq.