FOSFOR GALOGENIDLAR

FOSFOR GALOGENIDLAR – fosforning galogenlar bilan bo’lgan birikmalari. Fosfor trigalogenidlar RX3 (bu yerda X galogen): PF3, PC13, Rvg3; pentagalogenidlar RX5, PF5, rsq, Rvg5 muhim ahamiyatga ega. Fosfor monogalogenidlar RX (masalan, Rs1, rVg); digalogenidlar R2X4 (masalan, P2CI4, P2F4); aralash Fosfor galogenidlar (masalan, RG’S12, Rg’,S12); poligalogenidlar (masalan, Rvg7, RO61) va oksigalogenidlar (masalan, ROS1,, ROG’3) kam o’rganilgan. Fosfor galogenidlar reaktsiyaga shiddatli kirishadi, ularning kimyoviy faolligi ftoridlardan yodidlarga qarab pasayib boradi, suv bilan oson gidrolizlanadi. Fosfor (Sh)xlorid Rs1,, rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperatirasi — 93,6°, qaynash temperaturasi 76,1°, zichligi 1,575 g/sm3, organik erituvchilarda eriydi. Oson gidrolizlanib fosfit kislota va xlorid kislota hosil qiladi. Oq fosforni xlorlab olinadi. Fosfororganik birikmalar sintezida ishlatiladi. Fosfor (u)xlorid RS15, och yashil kristall modda, suyuklanish trasi 167°, zichligi 2,11 g/sm3, oson sublimasiyalanadi, organik erituvchilarda eriydi, suvda gidrolizlanib oksixlorid ROS13 va xlorid kislota hosil qiladi. Fosfor (Sh)xlorid RS13 ni xlorlab olinadi. Organik sintezda xlorlovchi reagent sifatida ishlatiladi.