GABRONEMOZ

GABRONEMOZ, gabronematoz — toq tuyoqli hayvonlar, asosan, otlarda Habronema turkumiga mansub nematodalar qo’zg’atadigan gelmintoz kasalliklar. Hamma joyda, ayniqsa yer yuzining Janub zonalarida tarqalgan. Gabronemoz qo’zg’atuvchilari mayda nematodalar (uzunligi 8-12 millimetr) oraliq xo’jayinlar (asosan pashshalar, ko’proq vizildoq pashshalar) ishtirokida rivojlanadi. Yetuk parazitlar me’dada joylashib, uning shilliq kavatini shikastlaydi, bezlarning atrofiyaga uchrashiga sabab bo’ladi. Lichinkalari teri va o’pkada yaralar hosil qiladi. Kasal hayvonlarda kataral gastroenteritlar, ozib ketish kuzatiladi. Me’da Gabronemozini davolashda uglerod xlorid (SS12) va yod eritmasi ishlatiladi. Teri yaralari Gabronemozida 2-3% tripan yashili eritmasi bilan ishlov beriladi. Oldini olish: pashshalarga qarshi kurash.