FRANTSIY
FRANTSIY (lotincha Francium), Fr — Mendeleev davriy sistemasining I guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 87, molekulyar modda 223,0197. Frantsiyning barqaror izotoplari yo’q. 27 ta radioaktiv izotopi ma’lum, ularning massa sonlari 202— 229. Dastlab frantsuz radiokimyogari M. Perey 1939 yilda 227As ning semirilish mahsuloti sifatida 223Fr ni kashf qildi. Frantsiy nomi ana shu tadqiqotchi ayolning vatani «Frantsiya» nomidan olingan. Tabiatda faqat 223Fr uchraydi. Uning yarim yemirilish davri 22 minut, o’zidan rnur chiqarib ASX ga aylanadi. Frantsiyning boshka izotoplari kup zaryadli ionlar bilan turli elementlarning atomlari orasidagi yadro reaktsiyalari natijasida hosil bo’ladi. Frantsiyning yer po’stidagi miqdori 24,5 mg ni tashkil qiladi. Frantsiyning fizik xossalariga oid barcha ma’lumotlar ekstrapolyatsiya (interpolyatsiya) yo’li bilan hosil qilingan. Zichligi 2,5 g/sm3, suyuqlanish trasi 8° atrofida. Frantsiy kimyoviy jihatdan tseziyga o’xshaydi. Tseziyning barcha kimyoviy shakllari Frantsiyda ham kuzatiladi. Frantsiyning oksidlanish darajasi +1. Frantsiy kimyoviy xossalariga ko’ra ishqoriy metallar ichida eng faol element hisoblanadi. Frantsiy ishqoriy metallarga mansubligi sababli uning suvda yerimaydigan tuzlari bir nechta. Frantsiy o’z birikmalarining suvdagi eritmalaridan (kislotali muhitda) rubidiy va tseziyning perxloratlari va xlorplatinatlari ta’sirida birga cho’kadi.