FRANS-IOSIF YERI

FRANS-IOSIF YERI – Barents dengizining shimoldagi arxipelag, Rosssiya Federatsiyasiga qarashli. Maydoni 16,1 ming kilometr kvadrat. 190 ta oroldan iborat. Uch qismga bo’linadi: Sharqiy qismi boshqa orollardan Avstriya bo’g’ozi bilan ajralgan Vilchek yeri (2059 km2), Greembell orollari (1708 km2) va boshqalar; Markaziy qismi — Avstriya bo’g’ozi bilan Britaniya kanali oralig’ida joylashgan orollar; g’arbiy qismi — Britaniya kanalining g’arbidagi orollar, butun arxipelagdagi eng katta Georg yeri oroli (2900 km2) ana shu yerda. Arxipelag yuzasining 85% muzliklar bilan qoplangan, ular orasidan kryatoshlar chiqib turadi. Eng baland joyi (620 metr) Vinerneyshtadt orolida. Orollar qum, gil va qumtoshlardan tuzilgan, bazalt qoplami keng tarqalgan. O’rtacha temperatura yanvarda -23°, -24°, iyulda 1,5°-0,2°. Yillik yog’in shimolda 300 mm, Janubda 500 mm, qishda quyuq tuman, kuchli shamollar bo’ladi. O’simliklar kam (yo’sin, lishayniklar). Sut emizuvchilardan oq ayiq, kamdankam qutb tulkisi uchraydi. Kush ko’p, asosan, arxipelagning Janubda «qushlar bozori» bor. Frans-Iosif yeri qirg’oqlarida Grenlandiya tyuleni, nerpa, dengiz kuyoni, morj yashaydi. Frans-Iosif yerida qutb tunlari 125 kun, qutb kunlari 140 kun davom etadi. Qutb styasi, geofizika rasadxonasi bor. Frans-Iosif yeri 1873 yilda K. Vayprext va Yu. Payer boshchiligidagi AvstriyaVengriya ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va Avstriya-Vengriya imperatori Frantsiosif nomi bilan atalgan.