Freskalar nima?

Freskalar — bu, devoriy suvratlarning turlaridan biri. Freskalar suvbo’yoqlar bilan chizilgan. Freska chizish texnikasining o’ziga xosligi shundaki, rasm tamomila toza bo’lishi shart shilta, qurimagan andovaga chiziladi. Shuning uchun ham rassom dastavval qog’ozda qoralama chizib, so’ngra esa uni bo’lak-bo’lak devor yoxud toqning yuzasiga ko’chirishi kerak. Ular moybo’yoqlar paydo bo’lishidan ancha oldin ham devorlarni bezab turgan. Ammo freskalar tevarak muhitdagi shart-sharoitlarga nisbatan ta’sirchan, ular quruh va issiq iqlim sharoitida, masalan, Italiyada yaxshi saqlanadi. Freskalar — bizning ajdodlarimiz tarixi, hayoti va turmushi haqidagi muhim axborot manbai. Binobarin birgina Knossosda topilgan freskalar asosida miloddan 2 000 yil avval Yunonistondagi hayotni tasavvur qilishimiz mumkin. Shunday bo’lsa hamki, dunyodagi eng go’zal freskalar Italiya uyg’onishi davrida yaratilgan: Vatikandagi Sikstin kapellasining Mikelanjelo tomonidan chizilgan plafonlarining chiroyini tavsiflashga qalam ojizlik qiladi.