FUDZIYAMA
FUDZIYAMA, Fudzi, Fudzisan (aynlar tilida Fusxi — olov ma’budasi, yaponcha yama, san — tog’) — Xonsyu orolidagi so’nmagan vulkan, Yaponiyadagi eng baland cho’qqi (3776 metr). Tokio shahridan taxminan 100 kilometr Janubi g’arbda. Bazalt va andezit lavalaridan tuzilgan. So’nggi bor 1707-08 yillarda otilgan. Krateri to’g’ri konus shaklida, diametri 700 metr, chuqurligi 250 metr. Yilning 10 oyida muz bilan qoplanib yotadi. Yon bag’irlari doim yashil o’rmon va butazorlar. Milliy bog’ tarkibida. Fudziyama — yaponlarning «muqaddas tog’i». Turistlar ko’p boradi.
O‘xshash so‘zlar
- FUGA
- FUKE (FOUQUET) JAN
- FUKIDID
- FUKO (FOUCAULT) JA BERNAR LEON
- FUKO MAYATNIGI
- FUKUI KENITI
- FUKUOKA
- FUKUS SUVO’TLAR




