Funikilyor nima?
Funikilyor — bu, tik qiyaliklar va ko’tarilishlarda qurilgan relsli yo’l. Funikilyor vagonlari Lokomotiv bilan emas, balki simarqon bilan harakatga keltiriladi. Darvoqe, tushirilayotgan vagon ayni pallada yuqoriga ko’tarilayotgan vagonni muvozanatlaydi. Temir yo’l poyezdlari qo’shimcha mexanikaviy tortishsiz tik ko’tarilishlarni bosib o’ta olmaydi. Ulardan ba’zilari maxsus «ilgak»lar bilan ta’minlangan. Lokomotiv o’zining dandanali g’ildiragi bilan uchinchi relsning shesternyasi bilan tutashtiriladi va faqat shuning uchun orqaga yurib ketmaydi. Funikilyor boshqacha — qo’shqavatli lift tamoyili bo’yicha ishlaydi. Bir vagon ko’tarilayotganda, boshqasi tushib keldi. Bunda ular go’yo bir-birini muvozanatlaydi. Aytgancha, funikilyor yo’nalishning eng baland nuqtasida joylashgan lebyodka — chig’ir bilan harakatga solinadi.