Ko’priklarni qay tariqa va nimalardan qurishadi?

O’tmishda ko’priklarni yog’ochdan yoki toshdan qurishgan. Ammo zamon o’tishi bilan. ancha-muncha chidamli materiallar, masalan, dunyoning barcha mamlakatlarida ko’plab ko’priklar qurilishiga xizmat qilgan temirbeton ixtiro qilindi. Qator ravoqdor ko’priklar, masalan, Londondagi Vaterloo ko’prigi betondan yasalgan. Osma ko’priklar bag’oyat g’ayrioddiydek ko’rinadi. Ular baquvvat po’lat simarqonlar bilan baland ustunlarga mahkamlanadi. Ustunlarining o’zi ham simarqon bilan qirg’oqdagi qo’shimcha tayanchlarga mustahkamlanadi. XIX asr oxirlaridan e’tiboran ko’priklar qurilishida po’lat ishlata boshladilar. Nyu-Yorkdagi Bruklin ko’prigi (AQSh) bunga misol bo’ladi. U 1883 yilda qurib bitkazilgan va po’lat osma ko’priklarning dastlabkilaridan biriga aylangandi. Ko’prikning bir uchidan boshqa uchigacha bo’lgan masofa 486 metrni tashkil etadi. Eng uzun osma ko’prik Britaniyada joylashgan. Bu, uzunligi 1410 metr bo’lgan Xamber ko’prigidir. Payvandlash yoki chegalar yordamida birlashtirilgan po’lat konstruktsiyali blokli (chig’irli) ko’priklar nihoyatda keng tarqalgan. Qizig’i shundaki, 1850 yilda ishga tushirilgan Fort ko’priklaridan birinchisi Inchgreyev orolining har ikkala tomonida joylashgan qo’shaloq ravoqqa ega bo’lgan, bu ko’prikni qurish uchun 55 000 tonnadan ko’proq po’lat eritish talab etilgan. Sidneydagi (Avstraliya) Ko’rfaz orqali ko’prik ham aynan shunday qurilgan. Uning 503 metrli sakratmasi — proleti — ustunlari oralig’i birgina ulkan metall yoy bilan to’ldirilgan. San-Fransisko (AQSh, Kaliforniya shtati) da joylashgan «Oltin darvoza» ko’prigi shu namunadagi eng mashhur ko’priklardan biri sanaladi. Ammo dunyodagi eng uzun ko’prik Yaponiyada bunyod etilgan Akashi—Kayko ko’prigidir. Uning uzunligi 1980 metr.