Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

To’g’onlarni nima uchun qurishadi?

To’g’onlar mingyilliklar davomida odamzot daryolar oqimlari va o’zanlarining yo’nalishlarini suv yig’ish va uni turli ehtiyojlarda foydalanish maqsadida o’zgartirishiga yordam bergan yagona inshoot bo’lib keldi. Hozirgi sharoitda esa to’g’orlarni asosan arzon elektr energiyasi hosil qilish uchun quradilar. Eng qadimiy to’g’onlar ulkan toshlar va daryo tubiga chuqur qoqilgan qoziqoyoqlar bilan mustahkamlangan tuproq ko’tarmalardan iborat bo’lgan. Qoziqoyoqli poydevor atrofida to’g’onning mutanosibligi va pishiqligini ta’minlaydigan tuproq ko’tarma bunyod etilgan. Zamonaviy qurilish materiallari to’g’ondan nafaqat suvning bir qismini burib yuborish, qolaversa yirik sun’iy suvomborlari yaratish uchun ham foydalanishga imkoniyat beradi. Diqqatga sazovar jihati shundaki, ko’tarma to’gonlar zamonamizda ham eng ko’p tarqalgan suv inshooti sanaladi. Hamma gap shundaki, ularni qurish uchun boshqa to’gonlarning qurilishiga qaraganda birmuncha kam ishchi kuchi va qurilish materiallari talab etiladi. Poydevori maxsus zichlangan tuproqdan bo’lgan bu toshtuproq to’gonlar har ikkala tomonidan to’kilgan toshlar yoki beton toshtaxtalar bilan mustahkamlanadi. Ko’tarma to’g’onlarni yetarlicha material miqdori bo’lgan hamma joyda qurish mumkin. Tog’lik tumanlarda asosan beton to’g’onlar quriladi. Katta og’irlik va baquvvat temir biriktiruv-armatura buningdek to’g’on suv bosimi kuchining ta’sir ostida qo’porilib ketishiga to’sqinlik qiladi. Tojiklarning Nurak daryosini bo’lgan to’g’on dunyodagi eng baland to’g’on sanaladi. Uning balandligi 300 metrga yetadi. Savol tug’iladi: bunday baland to’g’onni bunyod etish nima uchun zarur bo’p qoldi? Gap shundaki, gidroelektrostantsiyasining quvvati turbinaga kelib tushadigan suvning shiddati qancha baland bo’lsa, shuncha ko’p bo’ladi. Bu energiya esa, o’z navbatida, suvning tushish balandligi ortishi bilan ko’payib boraveradi. Mana shuning uchun ham tog’ daryolari ustida qurilgan stantsiyalar tekislikda joylashganlaridan ko’ra ancha ko’proq energiya hosil qiladi.

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket