GADFILD PO’LATI
GADFILD PO’LATI [ingliz metallurgi R. A. Gadfild (1858-1940) nomidan] — yukori bosimlar yoki zarbiy ta’sirlarga, yeyilishga (ishqalanishga) qarshiligi yuqori bulgan po’lat. Tarkibida marganes (11-14%) va uglerod (0,9—1,3%) miqdori ko’pligi bilan boshqa po’latlardan farq qiladi. Gadfild po’latidan tayyorlangan shakldor quymalar sanoatda (maydalagichlarning jag’lari va tegirmon sharlari tayyorlashda) va transportov (rels krestovinalari, temir yo’l strelka o’tkazgichlari tayyorlashda) ishlatiladi.