G’AFURJON QIZIQ MAMAYUSUPOV
G’AFURJON QIZIQ MAMAYUSUPOV (1892, Uchqurg’on tumani Qayqi qishlog’i — 1965, Namangan) — xalq qiziqchisi. Otasi Mamayusuf Mamayunusov ashulachi va askiyachi o’tgan. 15 yoshidan Normat og’iz to’dasida qiziqchilik qilgan. 1911 — 15 yillar Andijonda Rustam surnaychi to’dasida, 1918-20-yillar boshqa turli to’dalarda faoliyat ko’rsatgan. 1923 yildan Namanganda xalq komediyalarida kulgili, xarakterli obrazlar yaratgan, ba’zan ayollar rolini o’ynagan, dor ustida ham qiziqchilik qilgan. Chust (1931-33), Namangan (1938-39) teatrlarida doirachi bo’lgan. A’zam qiziq, Orif garmon, Ibrohim qizik, aka Buxor, To’ra qiziqchilar bilan hamkorlikda ishlagan.