GAGARIN
GAGARIN — Jizzax viloyati Mirzacho’l tumanidagi shahar (1974 yildan). Tumanning ma’muriy markazi. Kosmonavt uchuvchi Yu. A. Gagarin nomi bilan ataladi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Erjar. Gagarindan Jizzaxgacha bo’lgan masofa 72 kilometr. Aholisi 20,2 ming kishi (1995); asosan o’zbeklar. Gagarinda paxta tozalash zavodi, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari, ko’chma qurilish kolonnalari, umumiy ta’lim maktablari, maxsus musiqa va sport maktablari, sog’liqni saqlash muassasalari va boshqalar bor.