GAGAUZLAR

GAGAUZLAR — Moldaviya (153 ming kishi) va Ukraina (40 ming kishi)da yashovchi turkiy xalq. Shuningdek Rossiya Federatsiyasi (10 ming), Bolgariya, Ruminiya, Gretsiya, Turkiya, qisman Qozog’iston (Sirdaryo bo’ylari) va O’zbekistonda (Toshkent viloyati) ham yashaydi. Umumiy soni — 220 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Gagauz tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Gagauzlarning ajdodlari turkiy o’g’uz, uz, qipchoqlar va boshqalar bo’lib, keyinchalik ularning tarkibiga slavyanlashgan bolgarlar aralashib ketgan. Gagauzlarda antropologik jihatdan mongoloidlik xususiyatlari saqlangan. Gagauzlarning moddiy-ma’naviy madaniyati bolgarlarga yaqin.