Gaiti, Aiti

Gaiti, Aiti — Vest-Indiyayaati Katta Antil o.lari guruhidagi Orol. Shim.da Atlantika okeani, Jan.da Karib dengizi b-n chegaradosh. Kuba o.dan Shamolli bo’g’oz, Puerto-Riko o.dan Mona bo’g’ozi orqali ajralib turadi. Maydoni yon atrofdagi mayda orollar b-n birga 77,2 ming km2. Aholisi 14,5 mln.dan ziyod kishi (1990-y.lar o’rtalari), asosan negr va mulatlar. G. vulkanik va mezokaynozoyning cho’kindi jinslaridan tashkil topgan. Relef shakllarida tog’tizmalari tektonik botiklar b-n almashinib turadi. Iklimi tropik passat iklim. Tekisliklarda o’rtacha oylik t-ra 23-29°, yon bag’irlarda yillik yog’in 2000 mm, ichki vodiylarda esa 1300 mm, kuzda tez-tez dovullar bo’lib turadi. Orolni g’arbdan sharqqa to’rtta tog’tizmasi kesib o’tgan. Markaziy Kordilera tog’-laridagi Duarte cho’qqisi (3175 m) Vest-Indiyaning eng baland nuqtasidir. Aholi asosan tekisliklarda yashaydi. Qazilmalardan boksit, oltin bor. G.da zilzila bo’lib turadi. Shim.-sharqi va Jan.da doim yashil tropik o’rmonlar, tog’orasidagi tekisliklarda savanna va kserofit o’simlikli siyrak o’rmonlar bor. Orolni 1492 y.da X. Kolumb kashf etgan va uni espanola deb atagan. G. da Gaiti va Dominikana Respublikasi joylashgan.