GALAOSIYO

GALAOSIYO — Buxoro viloyatidagi shahar, Buxoro tumani markazi. Viloyat markazidan 9 kilometr, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Kogondan 21 kilometr. Aholisi 12,6 ming kishi (2001). Galaosiyoda paxta tozalash zavodi, paxta punkta, qishloq xo’jalik mashinalarini ta’mirlash ustaxonasi, maishiy xizmat ko’rsatish kombinati, sut-yog’, non zavodlari bor. Qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji (450 o’rinli), o’rta maktab, kutubxona, madaniyat saroyi, tug’ruqxona, poliklinika va tuman kasalxonasi mavjud.