GALAPAGOS OROLLARI

GALAPAGOS OROLLARI (ispancha galapago — toshbaqa) — tinch okeanning ekvator qismidagi bir guruh (13 ta yirik va bir qancha mayda) orollar. Janubiy Amerikadan 1000 kilometr g’arbda, Ekvador Respublikasi tarkibida. Eng yirik orollari: Isabela, Fernandina, San-Salvador, Santa-Krus va San-Kristobal. Maydoni 7,8 ming kilometr kvadrat. Aholisi 9,8 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Galapagos orollari 1935 yildan millim Park deb e’lon qilingan. Galapagos orollari vulkan otilishidan paydo bo’lgan, balandligi 1707 metrgacha. Iqlimi quruq, yillik o’rtacha temperatura 23′. Galapagos orollarida tropik va sovuq mintaqa o’simliklari hamda hayvonlari — liana bilan mox, tropik qushlar bilan Antarktika Baliqchi qush (Chayka)lari, to’tiqush bilan pingvin va tyulen yonma-yon uchraydi. Endemik turlar ko’p. Urug’i tugab borayotgan bahaybat toshbaqa va kaltakesak bor. Ma’muriy markazi — Bakeriso-Moreno.