GALDIROVO’T

GALDIROVO’T (yuqori oqimida Quruqgaldirovo’t) — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi soy, Zominsuvning o’ng irmog’i. Turkiston tizmasining shimoliy- g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushadi. Uzunligi 30 kilometr, havzasining maydoni 61,6 kilometr kvadrat. Qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Suv sarfi oylar, fasllar bo’yicha kam o’zgaradi. O’rtacha yillik suv sarfi 66 litr/sekund. Ba’zan yomg’ir ko’p yog’gan vaqtlarda toshadi va suv sarfi 5,0 metr kub/sekundga yetadi.