GALIFAKS

GALIFAKS — Kanadaning Janubi- sharqidagi shahar, yangi Shotlandiya provintsiyasining ma’muriy markazi. Muzlamaydigan buxta bo’yida. Aholisi 114 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Trans-Kanada temir yo’lning oxirgi stansiyasi, Atlantika okeani bo’yidagi port, yuk ortish va tushirish yiliga 10 million tonnadan ortiq. Kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, jumladan baliq-konserva, qand-shakar zavodlari bor. Kanadaning baliq ovlaydigan muhim bazalaridan biri. 2 ta universitet bor. Shahar 1749 yilda barpo etilgan.