Galileya
Galileya (Yun. Galilaia, qad. yahudiycha galil — viloyat) — shim. Falastindagi tarixiy viloyat. Dastlabki aholisi xurritlar va xananeylar bo’lgan. Mil. AV. 13-12-a.larda isroilliklar bosib olib, o’rnashib olganlar. Asosiy markazlari — Sepforis, Gisxala, Tiveriada. Xristian an’analariga ko’ra, G. Iso payg’ambarning diniy targ’iboti yuritilgan asosiy joy bo’lgan. Mil. AV. 2-a. oxirida Iudeya (Yahudiya)ga qo’shib olingan. Mil. AV. 1-a. va mil. 1-a.da G. da Rim b-n chambarchas bog’liq bo’lgan yahudiy quldorlik aristokratiyasi va Rim tomonidan tayinlangan podsholar — Irod, Agrippa II va b.ga qarshi xalq qo’zg’olonlari bo’lib o’tgan.