Galisiya
Galisiya — Ispaniyaning shim.- g’arbiy qismidagi Muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km2. Aholisi 3,15 mln. Kishi (1990-y.lar o’rtalari). Ma’muriy markazi — La-Korunya. Bosh shahri — Santyago-de-Kompostela. G. tarkibiga La-Korunya, Lugo, Orense, Pontevedra provintsiyalari kiradi. G. da qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi b-n atalgan. 5-a. boshlarida g.ni svevilar, 8-a. boshlarida arablar egalladi. 718 y.da arablar mag’lubiyatga uchragach, g.ni Asturiyaqirollario’zla-rigabo’ysundirdilar. G. 1065-72 y.lar-da mustaqil Qirollik bo’lgan, 1072 y.da Kastiliyaga qo’shib yuborilgan. 1936 y. G.da referendum o’tkazilib Muxtor viloyat e’lon qilindi. Relefi tog’lik, bal. 400-600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari b-n o’yilgan. Qirg’oqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi mo»tadil ocean iqlimi, yiliga 2500 mm yog’in yog’adi. Keng bargli tog’o’rmonlari va butazorlar ko’p. G. asosan agrar viloyat. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa boqiladi. Makkajo’xori, javdar, kartoshka ekiladi. Baliq ovlash va o’rmonchilik katta ahamiyatga ega. GES ko’p. Kemasozlik rivojlangan (mamlakat kemasozligining 1/2 qismi). Oziq-ovqat (baliq, ayniqsa sardina konservalari i. ch.) sanoati, avtomobil i. ch., neftni qayta ishlash va alyuminiy z-dlari bor.