Galofitlar

Galofitlar (yunoncha gals-tuz, fiton – o`simlik) – sho`r tuproqlarga moslashgan o`simliklar. O`rta Osiyodagi sho`rxok cho`llar o`simliklari – shiradoshlar oilasiga kiruvchi oqsaksovul, cherkez, qorabaraq, sarsazan, boyalish, cho`g`on, kumarchik, ebalak, qorasho`ra va biyurg`un kabilar galofitlardir.