GALTEL

GALTEL (nemischa Hohlkehle – o’yiqcha, Nov) — 1) buyum (detal)larning bir sirtidan ikkinchisiga ravon o’tiladigan joyi. Galtel buyumlarning mustahkamligini oshiradi, ichki kuchlanishini kamaytiradi; 2) yuz tomoni shakldor qilib yo’nilgan ensiz uzun yog’och. Mebel ishlab chiqarish va qurilishda ishlatiladi; 3) randaiint bir turi; taxta sirtini shakldor qilib randalash uchun ishlatiladi.