GALURGIYA

GALURGIYA (Yunoncha hals — tuz va ergon — ish) — kimyoviy texnologiyaning turli mineral tuzlar olish usulini o’rganuvchi va ishlab chiqaruvchi tarmog’i. Top ma’noda — tabiiy tuzlarni qayta ishlash. Dengiz suvlari, cho’kib qolgan tuz qatlamlari, shuningdek ko’llar hamda tuz havzalari Galurgiya sanoati uchun xom ashyo manbai bo’lib xizmat qiladi. Ayrim tuzlarni ajratib olish uchun tabiiy va sanoat sharoitida bug’latish yoki kristallizasiya jarayoni qo’llaniladi.