GALVANODIATERMIYA
GALVANODIATERMIYA – elektr bilan davolash usuli; bunda galvanizatsiya bilan diatermiya badanga bir vaqtda ta’sir ettiriladi. Yuqori chastotali tok hujayralarning o’tkazuvchanligini oshiradi, gematoentsefalik barerni bo’shashtirib, dori modda ionlarining organizm to’qimalariga kirishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Galvanodiatermiyada galvanizatsiya hamda diatermiya apparatlaridan foydalaniladi. Podagra, revmatizm, yurak-tomir kasalliklari, arterioskleroz, gipertoniya kasalliklari, shuningdek har xil chandiqlarni davolashda qo’llaniladi.