Gama (da Cama) Vasko da Gama

Gama (da Cama) Vasko da Gama (1469, Sinish, Portugaliya — 1524.24.12, Kochin, Hindiston) — portugaliyalik dengizchi, Evropadan Hindistonga boruvchi dengiz yo’lini izlashni yakunlagan. G. ekspedisiyasi davrida portugallarga Afrikaning g’arbiy qirg’oqlari bo’ylab boruvchi dengiz yo’li allaqachon ma’lum bo’lib, Hind okeaniga olib chiquvchi yo’l Bartolomeu Diash tomonidan 1487-88 y.larda topilgan edi. 1497 y. iyul oyida g. boshchiligidagi ekspedisiya 3 ta kemada Lisabondan chiqib yaxshi Umid burni orqali 1498 y. Somalining Malindi bandargohiga langar tashladi. U erdan dengiz yo’lini mukammal biladigan Ahmad ibn Majidni olib uning yordamida Hindiston g’arbidagi Kolikut sh.ga etib bordi. Shunday qilib g. ekspedisiyasi Afrikaning Jan.-Sharqiy sohilini (Malindigacha) kashf qildi va Hind okeanini kesib o’tdi. G. 1488 y. avg. oxirida zirovarlar ortilgan kemada Kolikutdan vataniga yo’l oddi va 1499 y. sent. da Lisabonga etib bordi; ekspedisiyada qatnashgan 168 kishining faqat S5 tasi tirik qaytdi (qolganlari yo’lda halok bo’ldi). Ekspedisiya Portugaliyaning Hindistondagi mustamlakachilik ekspantsiyasiga yo’l ochdi. G. 1502 y. 20 ta kemada yana Hindistonga kelib Kolikut sh.ni g’orat qiddi, mahalliy hukmdorlar qarshiligini shafqatsizlarcha bostirdi va katta o’lja b-n 1503 y. yana Lisabonga qaytib bordi. G. 1524 y. Hindistonning viseqiroli etib tayinlandi va o’sha yili Hindistonga uchinchi oxirgi ekspedisiyagaboshchilikqildivao’shaerdavafotetdi. Ad.: Magidovich I. P., Ocherki po istorii geograficheskix otkritiy, M., 1967.