GAMETALAR
GAMETALAR (gameta — xotin, gametes — er) — hayvon va o’simliklarning jinsiy hujayralari. Gametalar irsiy belgilarni ota-onadan avlodga o’tkazish funktsiyasini bajaradi. Gametalar xromosomasi gaploiddir. Urug’lanish jarayonida ikki gaploid hujayra qo’shilib, diploid xromosomali zigotani hosil qiladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Morfologik jihatdan jinsiy jarayonlar geterogamiya, izogamiya va zigogamiya tipida sodir bo’ladi.